fbpx Betguru » Allegri ketma-ket 8-g‘alabadan so‘ng: «Yaxshi formadamiz, ammo «planka»ni yanada ko‘tarishimiz kerak»
Thursday, 25 April 2024
← Go to the news

Allegri ketma-ket 8-g‘alabadan so‘ng: «Yaxshi formadamiz, ammo «planka»ni yanada ko‘tarishimiz kerak»


«Yuventus» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri A Seriya 17-turidan o‘rin olgan «Udineze»ga (1:0) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Turin klubi chempionatda qatorasiga 8-g‘alabasiga erishib, 37 ochko bilan 2-o‘ringa chiqib oldi.

«Yaxshi formadamiz, lekin o‘yin rejasi bo‘yicha «planka»ni ko‘tarishimiz kerak. «Kremoneze»ga qarshi o‘yinda kerakli konsentratsiyaga erisha olmadik, «Udineze» bilan yaxshiroq o‘ynadik, ikkinchi bo‘limda imkoniyatlarimiz ko‘proq bo‘ldi.

So‘nggi daqiqalarda yaxshi jismoniy holat va ruhiy kuch evaziga g‘alabani qo‘lga kiritdik.

Texnik mahorat juda muhim, ammo agar sizda bor kuchingizni berish va raqibingizdan tezroq bo‘lish istagi bo‘lmasa, o‘yinda g‘alaba qozona olmaysiz», — dedi Allegri DAZN nashriga bergan intervyusida.

image