Friday, 3 February 2023
← Go to the news

A Seriya. «Yuventus» qatorasiga 8-g‘alabani qo‘lga kiritib, 2-o‘ringa ko‘tarildi


Italiya chempionatining 17-turida «Yuventus» o‘z maydonida «Udineze»ni qabul qilib, so‘nggi daqiqalarda Daniloning goli evaziga 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Qatorasiga 8 o‘yinda to‘p o‘tkazmay, g‘alaba qozongan Turin klubi 37 ochko bilan 2-o‘ringa chiqib oldi. 25 ochkosi bor «Udineze» 8-pog‘onada qoldi.

Turning yana bir bahsida «Fiorentina» (23, 9-o‘rin) 90+1-daqiqada gol urib, «Sassuolo»dan (16, 16-o‘rin) ustun keldi.

A Seriya. 17-tur. 7 yanvar
Yuventus — Udineze 1:0
Gol: Danilo (86).
Yuventus – Shchensni, Sandro, Danilo, Rugani, Makkenni, Kostich (Soule, 80), Di Mariya (Milik, 66), Rabo, Lokatelli (Paredes, 62), Miretti (Keza, 62), Ken (Fajoli, 80).
Udineze – Silvestri, Rodrigo Bekao, Biyol, Peres, Udoji (Eboss, 70), Pereyra, Uolas (Nestorovski, 87), Lovrich (Samarjich, 70), Makengo (Arslan, 66), Saksess (Ehizibue, 70), Betu.
Ogohlantirishlar: Lokatelli (36), Saksess (53), Biyol (67).

Fiorentina — Sassuolo 2:1
Gollar: Saponara (48), Gonsales (90+1, penalti) — Berardi (57, penalti).
Fiorentina – Terrachchano, Venuti (Dodo, 54), Igor Julio, Milenkovich, Biragi (Terzich, 76), Bonaventura, Dankan (Gonsales, 72), Ikone, Byanko (Kastrovilli, 46), Artur (Saponara, 46), Kuame.
Sassuolo – Konsili, Tolyan, Ferrari, Ruan, Rojerio, Obiang, Frattezi, Traore (Defrel, 90+2), Berardi, Pinamonti (Alvares, 69), Loryante (Seyde, 80).
Ogohlantirishlar: Milenkovich (10), Traore (19), Ruan (26), Dodo (56), Kastrovilli (75), Berardi (90+2), Gonsales (90+5).