fbpx Betguru » «Yuventus» yanvarda Grizmanni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi «Atletiko»da ijara asosida to‘p surayotgan Antuan Grizmann qishki transfer oynasida Italiya A Seriyasiga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Saturday, 27 July 2024
← Go to the news

«Yuventus» yanvarda Grizmanni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi «Atletiko»da ijara asosida to‘p surayotgan Antuan Grizmann qishki transfer oynasida Italiya A Seriyasiga ko‘chib o‘tishi mumkin.


La Gazetta dello Sport xabariga ko‘ra, fransiyalik 31 yoshli hujumchi uchun kurashga «Yuventus» ham qo‘shilgan. Turin klubi rahbariyati Grizmann maoshi pasayishiga rozi bo‘lsa, uning transfer bo‘yicha qishda «Barselona» bilan muzokara boshlamoqchi.

Huquqiy jihatdan Kataloniya klubiga tegishli Grizmann «Atletiko» va «Barsa» o‘rtasidagi «ijara o‘yini» sababli asosan zaxirada qolib, 30 daqiqadan ko‘p o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti. Bu yo‘l orqali Madrid klubi hujumchini 40 million yevroga sotib olish shartidan bo‘yin tovlamoqchi.

Avvalroq, «Barsa» Grizmanni 25 million yevroga sotishga rozi bo‘layotgani haqida xabar qilingan edi. Unga «Manchester Yunayted» ham qiziqish bildirmoqda.

image