fbpx Betguru » Yevropa Ligasi. «Sevilya», «Portu» va «Atalanta»da g‘alaba, «Sosedad» «Leypsig» bilan jangovar durang qayd etdi
Wednesday, 24 April 2024
← Go to the news

Yevropa Ligasi. «Sevilya», «Portu» va «Atalanta»da g‘alaba, «Sosedad» «Leypsig» bilan jangovar durang qayd etdi

Yevropa Ligasida 1/16 finalning dastlabki o‘yinlari yakunlandi.

«Portu» va «Atalanta» irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. «Sevilya» «Dinamo» Zagrebni ishonchli tarzda mag‘lub etdi, Marsiyal andalusiyaliklar safidagi debyut golini urdi. «Real Sosedad» esa Germaniyada «Leypsig» bilan jangovar durangga erishdi.

Javob o‘yinlari 24 fevralda o‘tkaziladi.

Yevropa Ligasi. 1/16 final. 17 fevral

Portu — Latsio 2:1
Gollar: Martines (37, 49) — Dzakkani (23).
Portu – D.Koshta, Pepe, Mbemba, Sanusi, Otavio, Uribe, Gruyich (Galeno, 46), Mariu (B.Koshta, 88), Fabiu Viyeyra (Vitinya, 46), Toni Martines (Evanilson, 68), Pepe (Evshtakiu, 88).
Latsio – Strakosha, Marushich, Gabarron, Luis Felipe, Radu (Hyusay, 72), Leyva (Kataldi, 68), Luis Alberto (Bashich, 84), Milinkovich-Savich, Dzayeyeani (Moro, 84), Pedro (Kabral, 84), Felipe Anderson.

Atalanta — Olimpiakos 2:1
Gollar: Gimshiti (61, 63) — Soares (16).
Atalanta – Musso, Mele (Hatebur, 87), Toloi, Gimshiti, Demiral, Petssella, de Ron (Froyler, 72), Malinovskiy (Mixeile, 66), Pashalich, Pessina (Kopmeyners, 46), Muriel (Boga, 46).
Olimpiakos – Vatslik, Lala, Papastatopulos, Manolas, Sisse, Ryabchuk, Mvila (Buxalakis, 85), Kamara, Masuras (Kamara, 64), Soares (El-Arabi, 73), Onekuru (Roni Lopesh, 85).

Sevilya — Dinamo Zagreb 3:1
Gollar: Rakitich (13, penalti), Okampos (44), Marsiyal (45+1) — Orshich (41).
Sevilya – Bunu, Kunde, Rekik (Gudel, 50), Diyego Karlos, Akunya, Rakitich, Fernando (Torres, 61), Gomes, Okampos (Navas, 84), Marsiyal (An Nosiri, 61), Munir (Dileyni, 61).
Dinamo Zagreb – Livakovich, Ristovski (Muharrami, 76), Teofil-Katrin (Lauritsen, 46), Shutalo, Franich, Bochkay (Shteful, 70), Ademi, Goyak, Orshich, Petkovich (Spikich, 76), Yurich (Emreli, 58).

Leypsig — Real Sosedad 2:2
Gollar: Nkunku (30), Forsberg (81, penalti) — Le Norman (8), Oyarsabal (64, penalti).
Leypsig – Gulachi, Klostermann, Gvardiol, Simakan, Anxelino, Adams (Henriks, 46), Kampl (Aydara, 86), Laymer (Forsberg, 63), Olmo (Poulsen, 80), Nkunku (Soboslai, 80), Andre Silva.
Real Sosedad – Rayan, Saldua, Elustondo, Le Norman, Riko (Munos, 61), Rafinya (Pacheko, 77), Merino (Ilyaramendi, 90+6), Subeldiya, Portu, Syorlot, Oyarsabal (Martin, 90+6).

image