Sunday, 26 June 2022
← Go to the news

Yevropa Ligasi. «Barselona» «Napoli» bilan durang o‘ynadi, «Borussiya» Dortmundda «Reynjers»ga yutqazdi, «Sherif» va «Betis»da g‘alaba.

Yevropa Ligasida 1/16 final bosqichiga start berildi.

Markaziy o‘yinda «Barselona» o‘z uyida «Napoli»ni mag‘lub etolmadi. Zelinskining goliga Torres penaltidan javob berdi.

Holandsiz «Borussiya» kutilmaganda Dortmundda «Reynjers»ga yutqazib qo‘ydi.

«Sherif» o‘z maydonida «Braga»dan ustun keldi. Moldovaliklar safida o‘zbekistonlik hujumchi Jasur Yaxshiboyev 89 daqiqa harakat qildi.

«Betis» gollarga boy o‘yinda Sankt-Peterburgda «Zenit» ustidan g‘alaba qozondi.

Javob o‘yinlari 24 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Yevropa Ligasi. 1/16 final. 17 fevral

Barselona — Napoli 1:1
Gollar: Torres (59, penalti) — Zelinski (29).
Barselona – ter Stegen, Mingesa (Dest, 81), Pike, Erik Garsiya, Alba, de Yong (Buskets, 65), Niko Gonsales (Gavi, 65), Pedri, Obameyang (de Yong, 86), Traore (Dembele, 65), Torres.
Napoli – Meret, Di Lorenso, Kulibali, Rrahmani, Jezus, Zelinski (Demme, 80), Fabian Ruis, Zambo-Angissa (Malkyui, 84), Elmaz (Ruy, 85), Insine (Unas, 72), Osimhen (Mertens, 80).

Borussiya D — Reynjers 2:4
Gollar: Bellingem (51), Gerreyru (82) — Taverne (38, penalti), Morelos (41), Lundstrem (49), Zagadu (54, avtogol).
Borussiya D – Kobel, Akanji (Shuls, 55), Hummels, Zagadu, Gerreyru, Vitsel (Reyna, 46), Brandt (Mukoko, 46), Dahud, Bellingem, Roys (Reyner, 82), Malen (Tigges, 68).
Reynjers – Makgregor, Taverne, Goldson, Bassi, Barishich, Jek (Kamara, 86), Arfild (Sends, 66), Landstrem, Aribo (Remzi, 86), Morelos (Rayt, 90+5), Kent.

Zenit — Betis 2:3
Gollar: Dzyuba (25), Malkom (28) — Rodriges (8), Villian Joze (28), Guardado (41).
Zenit – Kerjakov, Karavayev (Mostovoy, 46), Rakitskiy (Krugovoy, 46), Chistyakov (Yeroxin, 88), Duglas Santos, Klaudino (Yuri Alberto, 65), Kuzyayev, Barrios, Vendel, Malkom, Dzyuba (Sergeyev, 73).
Betis – Ruy Silva, Sabali, Pesselya, Edgar Gonsales, Moreno, Guardado, Xoakin (Vilyam Karvalyu, 58), Rodriges, Xuanmi (Telo, 58), Villian Joze (Iglesias, 79), Ruibal (Belerin, 86).

Sherif — Braga 2:0
Gollar: Till (43, penalti), Traore (83).
Sherif – Atanasiadis, Evangelu, Radelich, Petro, Belousov, Julen, Bruno, Kiabu (Nikolov, 89), Till, Nikolov, Yaxshiboyev (Belousov, 89), Traore, Yansane (Abdulbasit, 78).
Braga – Mateus, Yan Kouto, Oliveyra, Tormena, Brunu Rodrigesh, Andre Kashtru (Andre Orta, 64), El-Musrati, Medeyrush (Fernandesh, 79; Fale, 86), Rikardu Orta, Vitor Oliveyra (Abel Ruis, 64), Rodrigu Gomesh (Moura, 64).