fbpx Betguru » YeKL. «Roma» safarda g‘alaba qozondi, «Feyenoord»dan 5ta gol va boshqa natijalar
Thursday, 25 April 2024
← Go to the news

YeKL. «Roma» safarda g‘alaba qozondi, «Feyenoord»dan 5ta gol va boshqa natijalar

Yevropa Konferensiyalar Ligasida 1/8 final bosqichiga start berildi.

«Roma» Niderlandiyada «Vitess» ustidan Oliveyraning yagona goli evaziga ustun keldi. E’tiborlisi, gol muallifi ikkinchi bo‘limda maydondan chetlatildi.

Rim klubi safida o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov yana zaxirada qoldirildi.

Shuningdek, ushbu bosqichda «Feyenoord» Serbiyada «Partizan»ga 5ta gol urdi, «Slaviya» va PAOK ham g‘alaba qozonishdi.

Javob o‘yinlari 17 martda o‘tkaziladi.

YeKL. 1/8 final. 10 mart
Dastlabki o‘yinlar

Vitess — Roma 0:1
Gol: Oliveyra (45+1).
Vitess – Hauven, Dasa, Rasmussen, Duki, Oroz (Beytink, 83), Vittek, Tronstad, Bero, Domgeni (Bazur, 83), Grbich, Openda (Frederiksen, 82).
Roma – Ruy Patrisiu, Manchini, Kumbula, Rojer, Vinya (El-Shaaravi, 46), Meytlend-Naylz (Karsdorp, 46), Mxitaryan, Serjiu Oliveyra, Veretu (Kristante, 46), Dzanolo (Pellegrini, 66), Abraham.
Chetlatish: Oliveyra (79).

Partizan — Feyenoord 2:5
Gollar: Natxo (13), Yovich (46) — Tornstra (20, 77), Dessers (52), Gertryuda (64), Sinisterra (71).
Partizan – Popovich, Jivkovich (Lutovats, 75), Vuyachich, Sanichanin, Uroshevich, Natxo (Yovich, 17), Markovich (Bajdar, 75), Zdelar, Yoyich (Holender, 75), Menig (Yevtovich, 57), Milovanovich.
Feyenoord – Beylo, Gertryuyda, Trauner, Senesi, Malasia, Tornstra, Eursnes, Kekchyu, Dessers (Linssen, 87), Nelson (Jahonbaxsh, 81), Sinisterra.

Slaviya — LASK 4:1
Gollar: Sor (3, 29), Olayinka (83), Traore (85) — Balich (67).
Slaviya – Mandous, Ba, Golesh, Usu, Taloverov, Plavshich, Traore, Madsen (Samek, 57), Sor (Tetsl, 70), Olayinka, Pudil (Pudil, 46; Masopust, 82).
LASK – Shlager, Potsman, Holland, Vizinger (Tvardzik, 81), Boller, Flekker (Shmidt, 61), Renner, Mixorl, Hon Xyon Sok, Balich (Nakamura, 81), Goyginger.

PAOK — Gent 1:0
Gol: Kurtich (58).
PAOK – Pasxalakis, Liratsis, Krespo, Ingason, Viyeyrinya (Sidkley, 80), Bisesvar (Al Kadduri, 71), Kurtich (Shvab, 80), Duglas, Singaras, Akpom (Cholak, 86), Jivkovich (Murg, 86).
Gent – Ruf, Hanche-Olsen, Ngade-Ngajui, Okumu (Torunariga, 46), Kastro-Montes, Samuaz, Ojija-Ofoe, Kums, Yulsager (Tissaudali, 82), De Sart, Depuatr.

image