Sunday, 26 June 2022
← Go to the news

YeKL. «Lester» va «Marsel»da ishonchli g‘alaba, «Fenerbahche» va «Seltik» o‘z uyida yutqazdi

Yevropa Konferensiyalar Ligasida 1/16 finalning dastlabki bahslari yakunlandi.

«Lester», PSV va «Marsel» g‘alaba qozongan bo‘lsa, «Fenerbahche» va «Seltik» o‘z maydonida mag‘lubiyatga uchradi.

Javob o‘yinlari 24 fevralda o‘tkaziladi.

Yevropa Konferensiyalar Ligasi
1/16 final. 17 fevral

Lester — Ranners 4:1
Gollar: Ndidi (23), Barns (49), Daka (55), Dyuzberi-Holl (74) — Hammershoy (45).

Marsel — Qorabog‘ 3:1
Gollar: Milik (41, 44), Paye (90+2) — Kadi (85).

Seltik — Budyo-Glimt 1:3
Gollar: Maeda (79) — Espeord (7), Pellegrino (55), Vetlesen (81).

Sparta — Partizan 0:1
Gol: Menig (78).

Midtyulland — PAOK 1:0
Gol: Anderson (20).

PSV — Makkabi Tel-Aviv 1:0
Gol: Gakpo (11).

Rapid — Vitess 2:1
Gollar: Dreyf (1), Gryul (16) — Openda (74).

Fenerbahche — Slaviya 2:3
Gollar: Pelkas (58), Kadio‘g‘li (83) — Traore (45), Dorli (62), Lingr (64).