fbpx Betguru » YeCHL va APL g‘olibi Ramires futbolchilik faoliyatini yakunladi Yarimhimoyachi Ramires futbolchilik faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi.
Friday, 19 April 2024
← Go to the news

YeCHL va APL g‘olibi Ramires futbolchilik faoliyatini yakunladi Yarimhimoyachi Ramires futbolchilik faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi.


«Menga imkoniyat bergani va sportda mumkin bo‘lgan eng yuqori darajaga olib chiqqani uchun Xudoga rahmat aytaman.

Endi men boshqa yo‘llarga boraman, lekin bolaligimdan o‘zim bilan bo‘lgan o‘sha quvonchni, o‘sha jasoratni saqlab qolaman. Hammasi uchun rahmat, futbol!» — deb yozgan 35 yoshli braziliyalik.

Ramires «Chelsi»dagi o‘yinlari (2010-2016) bilan mashhur bo‘lib, u londonliklar bilan Premer-liga, Angliya Kubogi, Angliya Liga Kubogi, Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasida g‘olib chiqqan. U faoliyati davomida «Benfika» va «Palmeyras» jamoalarida ham o‘ynagan.

Yarimhimoyachi Braziliya milliy jamoasida 20ta o‘yin o‘tkazib, 1ta golga assistentlik qilgan.

image