fbpx Betguru » YeCHL. «Real» Benzemaning het-trigi evaziga Londonda «Chelsi»ni mag‘lub etdi, «Bavariya» «Vilyarreal»ga yutqazib qo‘ydi
Thursday, 25 April 2024
← Go to the news

YeCHL. «Real» Benzemaning het-trigi evaziga Londonda «Chelsi»ni mag‘lub etdi, «Bavariya» «Vilyarreal»ga yutqazib qo‘ydi

Yevropa Chempionlar Ligasida 1/4 finalning birinchi o‘yinlari yakunlandi.

Markaziy bahsda «Real» Londonda turnirning amaldagi g‘olibi «Chelsi» ustidan Karim Benzemaning het-trigi evaziga g‘alaba qozondi. Yagona javob to‘pi Kay Haverts hisobiga yozildi.

«Bavariya» esa kutilmaganda safarda «Vilyarreal»ga yutqazib qo‘ydi. Danjumaning goli Emeri jamoasiga g‘alaba keltirdi.

Javob o‘yinlari 12 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

YeCHL. 1/4 final
Birinchi o‘yinlar. 6 aprel

Chelsi — Real 1:3
Gollar: Haverts (40) — Benzema (21, 24, 46).
Chelsi – Mendi, Jeyms, Silva, Ryudiger, Kristensen (Kovachich, 46), Aspilikueta, Jorjino (Loftus-Chik, 64), Kante (Ziyosh, 46), Pulishich (Lukaku, 64), Maunt, Haverts.
Real – Kurtua, Karvaxal, Alaba, Militao (Nacho, 64), Mendi, Modrich, Kroos (Kamavinga, 74), Kazemiro, Valverde (Sebalos, 86), Benzema (Beyl, 86), Vinisius Junior.
Ogohlantirishlar: Militao (14), Ryudiger (19).

Vilyarreal — Bavariya 1:0
Gol: Danjuma (8).
Vilyarreal – Ruli, Foyt (Ore, 81), Albiol, Pau Torres, Estupinyan, Lo Chelso, Koklen (Pedrasa, 59), Kapu, Parexo, X.Moreno, Danjuma (Chukvueze, 81).
Bavariya – Noyer, Pavar (Zyule, 71), Ernandes, Upamekano, Devis, Gnabri (Sane, 62), Kimmix, Musiala, Myuller (Goretska 62, Roka 90+5), Levandovski, Koman.
Ogohlantirish: Estupinyan (74).

image