fbpx Betguru » YeCHL. «Milan» «Dinamo» Zagrebni mag‘lub etdi, «Shaxtyor» «Seltik» bilan durang o‘ynadi Chempionlar ligasi 2-turi doirasidagi ikki uchrashuv yakuniga yetdi.
Friday, 19 April 2024
← Go to the news

YeCHL. «Milan» «Dinamo» Zagrebni mag‘lub etdi, «Shaxtyor» «Seltik» bilan durang o‘ynadi Chempionlar ligasi 2-turi doirasidagi ikki uchrashuv yakuniga yetdi.


Ye guruhida «Milan» dastlabki turda sensatsiya qayd etgan «Dinamo» Zagrebni mag‘lub etdi – 3:1.

F guruhida esa Ukrainaning «Shaxtyor» klubi Polshada «Seltik» bilan durang qayd etdi – 1:1.

Milanliklar o‘z guruhida ochkolar sonini 4taga yetkazib, hozircha peshqadamga aylangan bo‘lsa, «Shaxtyor» ham 4 ochko bilan hozircha guruhda 1-o‘ringa ko‘tarildi.

YeCHL. 2-tur

Ye guruhi.
Milan – Dinamo Zagreb 3:1
Gollar: 1:0 – 45, penalti Jiru, 2:0 – 47 Salemakers, 2:1 – 56 Orshich, 3:1 – 77 Pobega.
Milan – Menyan, Kalabriya, Tomori, Kalulu, Ernandes, Bennaser (Krunich, 78), Braim Dias (Dest, 78), Salemakers (Junior Messias, 78), Tonali (Pobega, 68), Jiru (de Ketelare, 68), Rafael Leau.
Dinamo Zagreb – Livakovich, Moxarrami (Shpikich, 63), Ristovski (Drmich, 78), Perich, Shutalo, Lyubichich, Ademi, Mishich, Ivanushets, Orshich (Marin, 84), Petkovich (Baturina, 84).

image