fbpx Betguru » YeCHL. «Liverpul» o‘z maydonida yutqazib 1/4 finalga yo‘l oldi…
Saturday, 20 April 2024
← Go to the news

YeCHL. «Liverpul» o‘z maydonida yutqazib 1/4 finalga yo‘l oldi…

YeCHL. «Liverpul» o‘z maydonida yutqazib 1/4 finalga yo‘l oldi. «Bavariya» 7ta gol urdi, Levandovskida het-trik
Yevropa Chempionlar Ligasida 1/4 finalning dastlabki ishtirokchilari aniqlandi.

«Liverpul» o‘z maydonida «Inter»ga minimal hisobda mag‘lub bo‘ldi, ammo safardagi ishonchli g‘alaba evaziga chorakfinalga yo‘llanma oldi.

«Zalsburg» bilan Avstriyada durang o‘ynagan «Bavariya» o‘z maydonida 7ta gol urdi. Levandovski het-trikka, Myuller dublga erishdi.

YeCHL. 1/8 final. 8 mart
Javob bahslari

Liverpul — Inter 0:1
Gol: Martines (62).
Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, Matip, van Deyk, Robertson, Tiago Alkantara (Henderson, 65), Fabino, Jons (Keyta, 65), Saloh, Mane, Jota (Dias, 83).
Inter – Handanovich, Dumfris (Darmian, 75), de Vrey (D`Ambrozio, 46), Shkrinyar, Bastoni, Perishich, Vidal, Brozovich (Galyardini, 75), Chalxono‘g‘li (Vesino, 83), Sanches, Martines (Korrea, 75).
Ogohlantirishlar: Jota (40), Sanches (45), Vidal (45), Robertson (47), Mane (70), Bastoni (85), Galyardini (90+4).
Chetlatish: Sanches (63).
Birinchi o‘yin — 2:0.

Bavariya — Zalsburg 7:1
Gollar: Levandovski (12 penalti, 21 penalti, 23), Gnabri (31), Myuller (54, 83), Sane (86) — Kergor (70).
Bavariya – Noyer, Zyule (Nyanzu, 66), Ernandes (Upamekano, 60), Pavar, Gnabri (Sarr, 46), Kimmix, Musiala (Roka, 66), Myuller, Levandovski, Koman (Shupo-Moting, 66), Sane.
Zalsburg – Ken, Kristensen, Veber, Sole (Piontkovski, 46), Ulmer, Kamara (Tijani, 67), Zayvald (Suchich, 46), Kapaldo, Aaronson, Adamu (Kergor, 61), Adeyemi (Sheshko, 62).
Birinchi o‘yin — 1:1.

image