fbpx Betguru » Xavi: «2 ochko yo‘qotdik. G‘alabali o‘yin edi»
Thursday, 25 April 2024
← Go to the news

Xavi: «2 ochko yo‘qotdik. G‘alabali o‘yin edi»

«Barselona» bosh murabbiyi Xavi La Liganing 24-turidan o‘rin olgan «Espanol» (2:2) bilan bahsdan keyin o‘z fikrlarini bildirdi.

«O‘ylaymanki, biz bu o‘yinda g‘alaba qozona olishimiz mumkin edi. 2:0 hisobida oldinda borish imkoniyatiga ega bo‘ldik, hatto 1:1 hisobida ham to‘p kiritishimiz mumkin edi. Ikkinchi o‘tkazib yuborilgan gol esa xatomiz natijasi bo‘ldi.

Ha, so‘nggi soniyalarda gol urganingizda, ochko yutgandek tuyg‘u paydo bo‘ladi. Lekin hammasi yaxshi tahlil qilinsa, bu g‘alabali o‘yin bo‘ldi.

Bizda ko‘proq imkoniyatlar bo‘ldi, yaxshiroq o‘ynadik. Xulosa qilib aytganda, 2 ochko yo‘qotdik, chunki ustunlik qildik. 2:0 hisobida oldinga chiqa olmaganimiz achinarli. Agar ikkinchi golni urganimizda, o‘yin keskin o‘zgargan bo‘lardi», — deya Xavining so‘zlarini keltiradi Marca.

image