Sunday, 14 August 2022
← Go to the news

Vinisius — La Liganing eng qimmat o‘yinchisi (top-5)

«Real» hujumchisi Vinisius Junior Transfermarkt talqini bo‘yicha La Liganing eng qimmat futbolchisi bo‘lib turibdi.

Platformaning yangilangan ro‘yxatida 21 yoshli braziliyalikning transfer qiymati 100 mln yevro deb baholangan va bu unga ushbu reytingda yetakchilik qilishga imkon berdi.

Ikkinchi o‘rinni «Barselona» yarimhimoyachisi Pedri egallab turibdi — 80 mln yevro.

Kuchli uchlikdan «Real» yarimhimoyachisi Federiko Valverde va «Atletiko» hujumchisi Joau Felish o‘rin olgan. Har ikki futbolchining narxi 70 mln yevro ko‘rsatilgan. 5-pog‘onada esa «Barsa»ning yana bir yarimhimoyachisi Gavi — 60 mln yevro.