fbpx Betguru » «Vilyarreal» jamoada 10 yildan ortiq o‘ynagan ikki futbolchisi bilan xayrlashdi, «Uotford» himoyachisini o‘z safiga qo‘shib oldi
Wednesday, 24 April 2024
← Go to the news

«Vilyarreal» jamoada 10 yildan ortiq o‘ynagan ikki futbolchisi bilan xayrlashdi, «Uotford» himoyachisini o‘z safiga qo‘shib oldi

«Vilyarreal» himoyachi Mario Gasparning jamoani tark etganini e’lon qildi.

Marca xabariga ko‘ra 31 yoshli futbolchi bosh murabbiy Unai Emeri rejalariga kirmaydi. Uning «Uotford»ga o‘tishi kutilmoqda.

Gaspar «Vilyarreal»da 15 yil harakat qildi va u klubdagi o‘yinlari soni bo‘yicha (424) 3-o‘rinni egallab turibdi.

Shuningdek, 12 yil davomida «sariq suvosti kemasi» safida faoliyat yuritgan yarimhimoyachi Moyses Gomes ham jamoa bilan xayrlashdi. 28 yoshli futbolchini «Osasuna» 1,8 mln yevroga sotib oldi.

O‘z navbatida «Vilyarreal» 2017/18 yilgi mavsumdan beri «Uotford»da o‘ynab kelayotgan himoyachi Kiki Femeniya bilan 3 yillik shartnomaga imzo chekdi.

image