fbpx Betguru » Ukraina Premer-ligasi to‘xtatildi
Friday, 19 April 2024
← Go to the news

Ukraina Premer-ligasi to‘xtatildi

Ukraina Premer-ligasining rasmiy sayti chempionat uchrashuvlarining to‘xtatilgani haqida ma’lumot berdi.

«Ukrainada joriy qilingan harbiy holat sababli Premer-liga va milliy chempionatning boshqa barcha ligalari vaqtincha to‘xtatildi», — deb yozadi Ukraina Premer-ligasi rasmiy sayti.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 24 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Ukrainaning ko‘plab shaharlaridagi harbiy ob’ektlar, qurol-yarog‘ omborlari Rossiya raketalari yordamida o‘qqa tutilmoqda. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy harbiylarga javob zarbalarini berishni buyurdi.

image