fbpx Betguru » UEFA Yevropa ligasi-2021/2022 mavsum ramziy jamoasini e’lon qildi
Wednesday, 24 April 2024
← Go to the news

UEFA Yevropa ligasi-2021/2022 mavsum ramziy jamoasini e’lon qildi

UEFA rasmiy sayti yakuniga yetgan Yevropa ligasi ramziy jamoasini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, ramziy jamoadan turnirda kamida yarimfinalga qadar yetib kelgan «Ayntraxt», «Vest Hem», «Leypsig» va «Reyndjers» o‘yinchilari joy olgan.

Yevropa ligasi-2021/2022 ramziy jamoasi:

Darvozabon: Kevin Trapp («Ayntraxt»).

Himoyachilar: Kreyg Douson («Vest Hem»), Martin Xinteregger («Ayntraxt»), Kelvin Beyssi («Reynjers»).

Yarimhimoyachilar: Jeyms Taverne («Reynjers»), Konrad Laymer («RB Leypsig»), Deklan Rays («Vest Xem»), Filip Kostich («Ayntraxt»).

Hujumchilar: Kristofer Nkunku («RB Leypsig»), Rafael Borre («Ayntraxt»), Rayan Kent («Reynjers»).

Eslatib o‘tamiz, turnir finalida «Ayntraxt» «Reynjers»ni penaltilar seriyasida (1:1, 5:4) mag‘lub etib, musobaqa g‘olibiga aylangan edi.

image