fbpx Betguru » Tuxel: «Tottenhem» bilan o‘yinlarda vaziyat yaratish qiyin, ammo biz tinmay olg‘a intildik.
Thursday, 18 April 2024
← Go to the news

Tuxel: «Tottenhem» bilan o‘yinlarda vaziyat yaratish qiyin, ammo biz tinmay olg‘a intildik.

Tuxel: «Tottenhem» bilan o‘yinlarda vaziyat yaratish qiyin, ammo biz tinmay olg‘a intildik. Haqli g‘alaba» «Chelsi» bosh murabbiyi Tomas Tuxel APL 23-turidan o‘rin olgan «Tottenhem»ga (2:0) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. «G‘alaba qozonish uchun juda ko‘p mehnat qildik, qiyin o‘yin bo‘ldi. Ishga bo‘lgan munosabatdan mamnunman. Haqli g‘alaba. «Tottenhem»ga qarshi o‘yinda vaziyatlar yaratish juda qiyin, ammo biz ishonishda davom etdik va tinmay olg‘a intildik. Jadval — bu jadval, bizning vazifamiz — har uch kunda o‘zimizni maydonda ko‘rsatish. Endi bizni tanaffus kutmoqda va unga shunday o‘yin bilan chiqib ketish muhim edi. Yigitlar charchashgan, uzoq davom etgan o‘yinlar seriyasi bo‘ldi. «Chelsi»dagi birinchi yil yaxshi o‘tgandi, hozir ham xuddi ishning birinchi kunidek. Hech narsa o‘zgarmadi. Va bu — men bo‘lishni xohlagan joy. Aql bovar qilmaydigan qo‘llab-quvvatlashni his qilyapman Umid qilamanki, bu kelgusi yillarda ham davom etadi», — deya Tuxelning so‘zlarini keltiradi Sky S

image