fbpx Betguru » Turkiya Superligasi. «Karagyumryuk» «Istanbul» maydonida durang o‘ynadi, Shukurov qizil kartochka oldi Turkiya chempionatining 7-turida Otabek Shukurov o‘ynaydigan «Fotih Karagyumryuk» yetakchilardan biri «Istanbul» bilan golsiz durang qayd etdi. O‘zbekiston milliy jamoasi yarimhimoyachisi 90+5-daqiqada ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydondan chetlatildi.
Friday, 26 April 2024
← Go to the news

Turkiya Superligasi. «Karagyumryuk» «Istanbul» maydonida durang o‘ynadi, Shukurov qizil kartochka oldi Turkiya chempionatining 7-turida Otabek Shukurov o‘ynaydigan «Fotih Karagyumryuk» yetakchilardan biri «Istanbul» bilan golsiz durang qayd etdi. O‘zbekiston milliy jamoasi yarimhimoyachisi 90+5-daqiqada ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydondan chetlatildi.


«Istanbul» 14 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. «Karagyumryuk» 6 ochko bilan 13-pog‘onaga chiqib oldi.

Turkiya Superligasi. 7-tur
Istanbul — Fotih Karagyumryuk 0:0
18 sentyabr, Fotih Terim nomidagi stadion
Istanbul — Babajan, Shahiner, Duarte, Ndayshimiye, Lima, Turuch (Aleksich, 86), Bilya (O‘zjan, 58), Tekdemir, Traore (Okaka, 86), Sher (Shiz, 65), Keni (Gyurler, 58).
Fotih Karagyumryuk — Viviano, Dursun (Biraski, 25), Baniya, Dreshevich, Erkin, Durmaz, Ozdoyev (Kolker, 86), Shukurov, Kuassi (Kapajak, 86), Borini, Dian (Kolli, 79).
Ogohlantirishlar: Ozdoyev (56), Shukurov (66).
Chetlatishlar: Tekdemir (90+3) — Shukurov (90+5).

image