fbpx Betguru » Terzich – «Borussiya» Dortmund bosh murabbiyi
Friday, 19 April 2024
← Go to the news

Terzich – «Borussiya» Dortmund bosh murabbiyi

«Borussiya» klubi jamoaning yangi bosh murabbiyini e’lon qildi.

39 yoshli Edin Terzich jamoa bosh murabbiyi etib tayinlandi. U o‘tgan haftada jamoani tark etgan Marko Roze o‘rniga ish boshlaydi. Terzich bilan 2025 yilga qadar uch yillik shartnoma imzolangan.

Edin 2018 yildan boshlab Lyusen Favrning yordamchisi siftida «Borussiya»da faoliyat olib borib, 2020 yil qishda uning o‘rniga jamoani boshqargan edi. Uning qo‘l ostida dortmundliklar Germaniya kubogida zafar quchgan edi.

Roze bosh murabbiyga aylangach, Terzich texnik direktor sifatida faoliyat yuritayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Dortmund klubi joriy mavsum Bundesligada 2-o‘rinda yakunladi.

image