fbpx Betguru » Son Hyon Min – YeCHLda hafta o‘yinchisi
Friday, 19 April 2024
← Go to the news

Son Hyon Min – YeCHLda hafta o‘yinchisi



UEFA rasmiy sayti Chempionlar ligasi 4-tur yakunlariga ko‘ra, haftaning eng yaxshi o‘yinchisini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, «Tottenhem» hujumchisi Son Hyon Min YeCHLda hafta o‘yinchisi deb topildi. U Londonda o‘tgan bahsda «Ayntraxt» (3:2) darvozasiga ikkita gol kiritdi.

Avvalroq, UEFA Son tomonidan 36-daqiqada kiritilgan golni hafta goli deb e’lon qilgan edi.

Hafta o‘yinchisi nomi uchun koreyalik futbolchidan tashqari, «Bryugge» darvozaboni Simon Minole, «Makkabi» xavbeki Umar Asili va «Liverpul» forvardi Roberto Firmino ham da’vogarlik qilgandi.

image