fbpx Betguru » Serra-Leoneda futbol o‘yinlari 91:1 va 95:0 hisobida yakunlandi
Tuesday, 23 April 2024
← Go to the news

Serra-Leoneda futbol o‘yinlari 91:1 va 95:0 hisobida yakunlandi

Afrika qit’asida joylashgan Serra-Leone davlati ligalaridan birida o‘tkazilgan 2 ta futbol o‘yinida jami 187 ta gol urildi. Mamlakat futbol assotsiatsiyasi surishtiruv boshlanganini e’lon qildi.

Serra-Leone quyi ligasining so‘nggi turidan o‘rin olgan 2 ta o‘yin gollarga haddan ziyod boy bo‘ldi.

Jumladan, «Kahunla Reynjers» o‘z maydonida «Lumbebu Yunayted»ni 95:0 hisobida, «Galf» klubi esa «Kokuima Lebanon»ni 91:1 hisobida mag‘lub etdi. Bu natijalar mamlakat futboli tarixidagi eng yirik hisob bo‘ldi.

Serra-Leone futbol assotsiatsiyasi (SLFA) prezidenti Tomas Daddi Brima har ikkala o‘yin natijasi bekor qilinganini aytdi: «Biz bunday noxush voqea ishtirokchilari jazosiz qolayotganiga bir chetda qarab turolmaymiz. Zudlik bilan surishtiruv boshlaymiz va bunday sharmandalikka yo‘l qo‘ygan barcha aybdorlarni javobgarlikka tortamiz. Aybdor shaxslar SLFA qoidalariga muvofiq jazolanadi. Shuningdek, ularning ishi mamlakatning korrupsiyaga qarshi kurash

image