Thursday, 26 May 2022
← Go to the news

RPL. «Zenit» 90+2-daqiqadagi gol evaziga «Rubin»ni mag‘lub etib…

RPL. «Zenit» 90+2-daqiqadagi gol evaziga «Rubin»ni mag‘lub etib, yana peshqadamga aylandi
Rossiya Premer-ligasi 19-turi doirasidagi so‘nggi o‘yin yakuniga yetdi.

Chempionat peshqadami «Zenit» klubi o‘z maydonida «Rubin»ga qarshi saf tortib, qiyinchilik bilan uch ochko sohibiga aylandi. Alberto va Sutorminning golidan keyin mezbonlar ishonchli g‘alabaga erishayotgan edilar, ammo ikkinchi bo‘limning 61, 67-daqiqalarida Lisakovich farqni yo‘qqa chiqardi – 2:2.

Sergey Semak shogirdlari 90+2-daqiqaga kelib g‘alaba golini kiritishdi. Ivan Sergeyevning goli piterliklarga g‘alaba keltirdi – 3:2.

Shu tariqa, «Zenit» 19-turdan keyin ochkolari sonini 41taga yetkazib, vaqtinchalik peshqadam «Dinamo»ni ikki ochkoga ortda qoldirgan holda yana 1-o‘ringa qaytdi. 22 ochkoga ega Qozon klubi esa 11-pog‘onani band etgan.

RPL. 19-tur
Zenit – Rubin 3:2
Gollar: 1:0 – 48 Yuri Alberto, 2:0 – 55, penalti Sutormin, 2:1 – 61 Lisakovich, 2:2 – 67 Lisakovich, 3:2 – 90+2 Ivan Sergeyev.
Zenit – Odoyevskiy, Chistyakov, Duglas Santos, Barrios, Krugovoy (Yeroxin, 84), Sutormin (Mostovoy, 75), Klaudino (Ozdoyev, 90), Vendel, Dzyuba, Malkom, Yuri Alberto (Sergeyev, 74).
Rubin – Dyupin, Samoshnikov, Begich, Talbi, Dreyer (Zuyev, 72), Lomovitskiy (Uremovich, 72), Kvaratsxeliya (Bakayev, 71), Xakshabanovich, Kuchayev (Apshatsev, 84), Musayev, Lisakovich (Onugxa, 72).
Ogohlantirishlar: Musayev (17), Barrios (31), Lomovitskiy (54).
Chetlatish: Musayev (78).