fbpx Betguru » RPL. «Ufa» «6 ochkolik o‘yin»da g‘alaba qozondi, Oston O‘runovdan golli uzatma
Friday, 26 April 2024
← Go to the news

RPL. «Ufa» «6 ochkolik o‘yin»da g‘alaba qozondi, Oston O‘runovdan golli uzatma

Rossiya Premer-ligasi 29-turi doirasidagi «Ufa» – «Arsenal» uchrashuvi yakuniga yetdi.

Uchrashuvda maydon egalari «6 ochkolik bahs»da muhim g‘alabaga erishishdi. Kabutov hisobni ochgan bo‘lsa, bo‘lim yakuniga qadar Kangva hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘limning 75-daqiqasida esa Oston O‘runov tomonidan o‘ng qanotdan yetkazilgan aniq uzatmani Agalarov golga aylantirib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi – 2:1.

Shu tariqa, Gamid Agalarov gollari sonini 19taga yetkazib, to‘purarlar kurashida yaqqol peshqadamga aylangan bo‘lsa, «Ufa» bu g‘alaba evaziga ochkolari sonini 27taga yetkazib, 15-o‘rinda qolgan bo‘lsa-da, 14-o‘rindagi «Ural» bilan bir xil ochkoga ega bo‘lib turibdi.

Tulaning «Arsenal» klubi esa 23 ochko bilan turnir tugashiga bir tur qolganida Rossiya Premer-ligasini tark etishi oydinlashdi.

Qayd etish joiz, shu kuni o‘zbekiston yarimhimoyachi Oston O‘runov asosiy tarkibda to‘p surib, 85-daqiqada almashtirildi.

RPL. 29- tur
Ufa – Arsenal Tula 2:1
Gollar: 1:0 – 13 Kabutov, 1:1 – 25 Kangva, 2:1 – 75 Agalarov.
Ufa – Chichkan, Nikitin, Juravlev, Pliyev, Suxov (Krotov, 46), Kabutov, Ivanov (Kamilov, 46), Fienko (Ortis, 65), Oston O‘runov (Saplinov, 85), Agalarov, Kasintura (Golubev, 79).
Arsenal Tula – Levashov, Smolnikov, Kostadinov, Sokol, Stepanov, Tkachev (E. Kangva, 22), Guliyev (Despotovich, 77), Chaushich, Kangva, Kaynov (Radakovich, 77), Markov (Lutsenko, 77).
Chetlatish: E. Kangva (72).

image