Sunday, 4 December 2022
← Go to the news

RPL. SSKAda g‘alaba, «Orenburg»da mag‘lubiyat, «Spartak» «Axmat» bilan o‘yinda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

Rossiya Premer-ligasi 1-tur bahslari davom ettirildi.

SSKA Moskvada «Ural»dan ustun keldi. «Spartak» esa Grozniyda «Axmat»ga qarshi maydonga tushib, bir kishi qolishiga qaramay, durang qayd etdi – 1:1. Shu kuni Oston O‘runov qaydnomadan joy olmadi.

Debyutant «Orenburg» esa «Krilya Sovetov»ga mag‘lub bo‘ldi – 2:4.

Ma’lumot uchun, Hojimat Erkinov faoliyat boshlagan «Torpedo» yakshanba kuni «Sochi»ni qabul qiladi.

RPL. 1-tur.

SSKA – Ural 2:0
Gollar: 1:0 – 45 Oblyakov, 2:0 – 64, penalti Karraskal.
SSKA – Akinfeyev, Gayich, Nababkin, Zaynutdinov, Diveyev, Oblyakov, Kuchayev, Muxin (Ermakov, 90), Medina, Karraskal (Yakovlev, 90), Chalov (Zabolotniy, 70).
Ural – Pomazun, Gerasimov, Kuzmichev, Goglichidze, Shatov (Kashtanov, 72), Podberezkin (Yushin, 80), Mishkich, Sungatulin (Konovalov, 72), Jeleznov (Gadjimuradov, 46), Yegorichev, Bikfalvi.

Orenburg – Krilya Sovetov 2:4
Gollar: 1:0 – 31, avtogol Sipchenko, 1:1 – 49 Yejov, 1:2 – 54 Glushenkov, 1:3 – 73 Glushenkov, 2:3 – 83 Ayupov, 2:4 – 84 Yakuba.
Orenburg – Goshev, Malix, Sivakov, Xotulev, Pechenin (Mansilya, 74), Kovalev (Titkov, 85), Poluyaxtov (Ayupov, 60), Oganesyan (Ektov, 60), Kaplenko (Sichevoy, 74), Bashich, Vorobev.
Krilya Sovetov – Lomayev, Beyl (Vityugov, 77), Soldatenkov, Gaponov (Yevgenev, 87), Gorshkov, Yejov, Pinyayev (Xubulov, 77), Ivanisenya, Kovalenko, Glushenkov (Shitov, 87), Sipchenko (Yakuba, 67).

Axmat – Spartak 1:1
Gollar: 1:0 – 45 Timofeyev, 1:1 – 83 Mozes.
Axmat – Sheliya, Todorovich, Semenov, Juravlev, Bogosovats, Shvets, Timofeyev, Xarin (Folmer, 67), Troshechkin (Oleynikov, 89), Sadulayev (Ilin, 55), Konate (Agalarov, 56).
Spartak – Selixov, Djikiya, Chernov, Ribus, Zobnin (Litvinov, 78), Umyarov (Martins Pereyra, 58), Denisov, Xlusevich, Promes, Zinkovskiy (Mozes, 78), Nikolson (Sobolev, 46).
Chetlatish: Ribus (41).