Tuesday, 6 December 2022
← Go to the news

RPL. SSKA Orenburgda ochko yo‘qotdi, «Spartak» yirik g‘alaba bilan 2-o‘ringa ko‘tarildi Rossiya Premer-ligasi 14-turi doirasidagi yana ikki uchrashuv yakuniga yetdi.

Turnir debyutanti «Orenburg» o‘z maydonida SSKAni qabul qilib, raqibdan ochko oldi – 2:2.

«Spartak» esa «Ximki»ni qabul qilib, raqibni tor-mor etdi – 5:0.

Shu tariqa, «Spartak» 26 ochko bilan 2-o‘ringa qaytgan bo‘lsa, SSKA 26 ochko bilan 3-o‘rinda qoldi. Peshqadam «Zenit» hisobida 33 ochko mavjud.

RPL. 14-tur
Orenburg – SSKA 2:2
Gollar: 0:1 – 7 Chalov, 1:1 – 18 Sichevoy, 1:2 – 20, avtogol Goykovich, 2:2 – 64, penalti Sichevoy.
Orenburg – Kenyaykin, Malыx, Sivakov, Goykovich, Pechenin, Ayupov, Vera, Florentin (Kovalev, 86), Marin (Vorobev, 73), Mansilya, Sichevoy.
SSKA – Akinfeyev, Gayich, Nababkin (Oblyakov, 27), Zaynutdinov, Villian Rosha, Moyzes, Zdelar, Mendes (Yakovlev, 86), Medina (Ushakov, 73), Karraskal (Yermakov, 73), Chalov (Zabolotniy, 85).

Spartak – Ximki 5:0
Gollar: 1:0 – 2 Ignatov, 2:0 – 18 Nikolson, 3:0 – 63 Nikolson, 4:0 – 83 Meleshin, 5:0 – 89 Maslov.
Spartak – Selixov, Djikiya (Chernov, 76), Maslov, Klassen (Ribus, 85), Zobnin, Zinkovskiy (Meleshin, 76), Prutsev, Ignatov (Zorin, 65), Denisov, Sobolev, Nikolson (Shitov, 85).
Ximki – Gudiyev, Chejiya, Nikitin, Lomovitskiy, Glushakov, Guliyev, Magomedov (Kazansev, 72), Zuyev (Kuxarchuk, 85), Mirzov (Sadыgov, 72), Glavchich (Bojenov, 72), Rudenko (Dolgov, 72).