fbpx Betguru » Ronaldu «Yuventus»dan 20 million yevro undirmoqchi
Friday, 26 April 2024
← Go to the news

Ronaldu «Yuventus»dan 20 million yevro undirmoqchi


Krishtianu Ronaldu «Yuventus»dagi faoliyati davomida unga to‘lanishi lozim bo‘lgan katta miqdordagi mablag‘ni advokatlar orqali undirmoqchi.

The Sun xabariga ko‘ra, Turin klubi 2018-2021 yilda jamoada faoliyat yuritgan portugaliyalik yulduzga futbolchining pandemiya davrida maoshi qisqarganiga rozi bo‘lgani uchun 20 million yevro to‘lashi kerak edi. Ammo u 2021 yil sentyabrda «MYU»ga ko‘chib o‘tgach, Turin klubi rahbariyati bu mablag‘ni to‘lamasligi haqida ma’lum qilingandi.

Shunga qaramay, Ronalduning vakillari advokatlar orqali Turin klubidan ushbu mablag‘ni undirmoqchi. Sababi maosh bo‘yicha to‘lovlar shartnomada belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, hozirda «Yuventus» klubidagi moliyaviy qallobliklar bo‘yicha tekshiruv jarayonlari davom etmoqda. Avvalroq, klub rahbariyati to‘liq tarkibda lavozimini tark etgandi.

image