fbpx Betguru » Ronaldu, Fernandesh, Pepe, Felish – Portugaliyaning JCH-2022 uchun yakuniy tarkibi e’lon qilindi
Saturday, 20 April 2024
← Go to the news

Ronaldu, Fernandesh, Pepe, Felish – Portugaliyaning JCH-2022 uchun yakuniy tarkibi e’lon qilindi

Portugaliya milliy jamoasining Qatardagi jahon chempionatida ishtirok etadigan yakuniy tarkibi ma’lum qilindi.

Bosh murabbiy Fernandu Santush yakuniy ro‘yxatga 26 nafar futbolchini kiritgan:

Darvozabonlar: Diogu Koshta («Portu»), Xose Sa («Vulverhempton»), Ruy Patrisiu («Roma»);

Himoyachilar: Diogu Dalot («Manchester Yunayted»), Joau Kanselu, Ruben Diash (ikkisi ham — «Manchester Siti»), Danilo Pereyra, Nunu Mendesh (ikkisi ham — «PSJ»), Pepe («Portu»), Antoniu Silva («Benfika»), Rafael Gerreyru («Borussiya» Dortmund);

Yarimhimoyachilar: Joau Palinya («Fulhem»), Ruben Nevesh, Mateus Nunes (ikkisi ham — «Vulverhempton»), Bernardu Silva («Manchester Siti»), Brunu Fernandesh («Manchester Yunayted»), Joao Mariu («Benfika»), Otavio Monteyro («Portu»), Vitinya («PSJ»), Vilyam Karvalyu («Betis»);

Hujumchilar: Andre Silva («RB Leypsig»), Krishtianu Ronaldu («Manchester Yunayted»), Gonsalu Ramos («Benfika»), Joau Felish («Atletiko»), Rafael Leau («Milan»), Rikardu Orta («Braga»).

Ma’lumot uchun, JCH-2022 bahslari 20 noyabr kunidan start oladi. Portugaliya H guruhida Urugvay, Janubiy Koreya va Ganaga qarshi maydonga tushadi.

Eslatib o‘tamiz, «Liverpul» vingeri Jota jarohati sababli turnirga bora olmaydigan bo‘ldi.

image