fbpx Betguru » «Roma» va «PSJ» Veynaldum transferini muhokama qilmoqda
Friday, 26 April 2024
← Go to the news

«Roma» va «PSJ» Veynaldum transferini muhokama qilmoqda

«PSJ» yarimhimoyachisi Jorjino Veynaldum faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.

La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, «Roma» xo‘jayini Den Fridkin va «PSJ» prezidenti Nosir Al-Hilayfiy ushbu futbolchining o‘tishini muhokama qilmoqda. Tomonlar tez orada kelishuvga erishishga yaqin.

Qayd etilishicha, «PSJ» yillik maoshi 7 million yevroni tashkil etuvchi niderlandiyalik futbolchining yarim maoshini to‘lab borishga rozi. Qolgan 3,5 mln yevro maoshni esa Rim klubi to‘laydi.

Avvalroq, Veynaldumning katta maoshi sababli parijliklar 31 yoshli yarimhimoyachiga xaridor topa olmayotgani haqida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, Veynaldum o‘tgan mavsum klubi safida jami 38 o‘yinda 3ta gol va 2ta assistga mualliflik qilgan.

image