fbpx Betguru » «Roma» Shomurodov va yana bir futbolchisi bo‘yicha taklif kutmoqda
Saturday, 20 April 2024
← Go to the news

«Roma» Shomurodov va yana bir futbolchisi bo‘yicha taklif kutmoqda

«Roma» klubi yozgi transfer oynasi yakunigacha jamoaning ikki a’zosi Eldor Shomurodov va Matias Vinya bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.

Corriere dello Sport xabariga ko‘ra, ushbu o‘yinchilar mavsum oldi tayyorgarlik bahslarida hozircha yaxshi taassurot qoldira olmayapti. Shu bois klub bu o‘yinchilar borasida takliflarni ko‘rib chiqishi mumkin.

Qayd etilishicha, Italiya klublaridan Shomurodovni ijaraga olish bo‘yicha qiziqish mavjud, urugvaylik himoyachi Vinya bo‘yicha esa takliflar yo‘q.

Xabarda yozilishicha, klub sport direktori Tiago Pintu transfer oynasi yakunigacha takliflarni ko‘radi va yakunda bosh murabbiy Joze Mourino bilan birga ushbu o‘yinchilar masalasida bir to‘xtamga keladi.

Eslatib o‘tamiz, «Roma» avvalroq argentinalik forvard Paulo Dibalani erkin agent sifatida taklif etgandi.

Avvalroq, Shomurodovni ijaraga olish borasida «Fiorentina», «Sampdoriya» va «Lechche»da qiziqish borligi haqida aytilgandi.

Ma’lumot u

image