fbpx Betguru » «Roma» futbolchisi uchun 50 mln yevro so‘ramoqda
Wednesday, 24 April 2024
← Go to the news

«Roma» futbolchisi uchun 50 mln yevro so‘ramoqda

«Roma» futbolchisi Nikolo Zanolo yozgi transferlar oynasi vaqtida klubni tark etishi mumkin.

Insayder Nikolo Skiraning ma’lumot berishicha, futbolchining agenti Klaudio Vigorelli turinliklar vakillari bilan 3 marotaba uchrashishga ulgurgan. Futbolchiga qiziqish bildirayotgan yana bir da’vogar «Milan» esa hech qanday amaliy ishga o‘tmagan.

O‘z navbatida, rimliklar yaxshi summa evaziga Nikoloni qo‘yib yuborishga tayyor. «Jallorossilar» 22 yoshli futbolchini 50 mln yevroga baholamoqda.

Ma’lumot uchun, Zanolo joriy mavsum barcha musobaqalarda 42ta uchrashuvda ishtirok etib, 8ta gol va 9ta assist muallifiga aylandi.

image