fbpx Betguru » «Real» Vinisius bilan yangi shartnoma imzolamoqchi
Thursday, 25 April 2024
← Go to the news

«Real» Vinisius bilan yangi shartnoma imzolamoqchi

«Real» futbolchisi Vinisius Junior klub bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin.

«Marca» nashrining xabar berishicha, klub va futbolchi barcha rasmiy hujjatlar bilan bog‘liq ishlarni kelgusi haftadayoq yakunlamoqchi.

«Qirollik klubi» unga 2028 yilgacha bo‘lgan shartnoma taklif qilishni rejalashtiryapti. Biroq, Vini «Real» bilan shartnomasini 2026 yilgacha uzaytirishni istayapti.

Hozirda 3,2 mln yevro maosh oluvchi futbolchining daromadi yangi shartnoma orqali 10 mln yevroga yetadi. Uning tovon puli esa 1 mlrd yevro etib belgilanadi.

Ma’lumot uchun, Braziliya milliy jamoasi a’zosining amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar amal qiladi.

image