fbpx Betguru » «Real» Tchuameni transferini e’lon qildi
Thursday, 25 April 2024
← Go to the news

«Real» Tchuameni transferini e’lon qildi

«Real» klubi «Monako» yarimhimoyachisi Orelen Tchuameni transferini rasman e’lon qildi.

Klub rasmiy sayti xabariga ko‘ra, madridliklar Fransiya milliy jamoasi xavbeki bilan 6 yillik shartnoma imzolagan.

Futbolchining transfer qiymati 100 million yevroga yaqin baholanmoqda. Klub futbolchini seshanba kuni tibbiy ko‘rikdan so‘ng rasman tanishtirishi rejalashtirilgan.

22 yoshli futbolchi «Real»ga o‘tish uchun «PSJ», «Liverpul» va «Manchester Yunayted» taklifini rad etgan.

Ma’lumot uchun, Orelen yakunlangan mavsum «Monako» safidagi jami 50 o‘yinda 5ta golga mualliflik qilgan.

image