fbpx Betguru » Rasman: «Bavariya» transferlar oynasidagi dastlabki transferini e’lon qildi
Thursday, 25 April 2024
← Go to the news

Rasman: «Bavariya» transferlar oynasidagi dastlabki transferini e’lon qildi

«Ayaks» futbolchisi Nusayr Mazraui faoliyatini Bundesligada davom ettiradi.

«Bavariya» klubi rasmiy sayti va ijtimioy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari marokashlik futbolchining transferini rasman e’lon qildi.

24 yoshli futbolchi myunxenliklar tarkibiga erkin agent sifatida kelib qo‘shildi va yangi jamoasi bilan 2026 yilgacha amal qiladigan shartnoma imzoladi.

Ma’lumot uchun, Mazraui 2018 yildan buyon amsterdamliklar asosiy jamoasida harakat qilib kelayotgandi.

image