fbpx Betguru » Qatardagi JCH vaqtida spirtli ichimliklar sotish taqiqlanadi
Friday, 26 April 2024
← Go to the news

Qatardagi JCH vaqtida spirtli ichimliklar sotish taqiqlanadi

2022 yilgi jahon chempionati vaqtida Qatar stadionlarida spirtli ichimliklarni sotish taqiqlanadi.

«Rejalar hali ishlanmoqda, ammo hozirda vaziyat shundayki, muxlislar stadionga kirishdan oldin va undan chiqqandan keyin pivo ichishlari mumkin, ammo o‘yinlar vaqtida arenalarda sotilmaydi», — deb xabar berdi Reuters.

Biroq cheklangan vaqtda pivo savdosi Dohadagi FIFA muxlislar zonasining ma’lum qismlarida amalga oshiriladi. Spirtli ichimliklar ham bir qancha boshqa belgilangan hududlarda bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Qatarda jamoat joylarida spirtli ichimliklar iste’mol qilish, shuningdek, mamlakatga olib kirish taqiqlangan. Tashrif buyuruvchilar ularni faqat tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan bir nechta mehmonxona va klublarda sotib olishlari mumkin.

image