fbpx Betguru » «PSJ» Ramos gol urgan o‘yinda yirik hisobda g‘alaba qozondi, «Marsel»dan kambek, Golovin «Monako»ga 3 ochko keltirdi
Tuesday, 16 April 2024
← Go to the news

«PSJ» Ramos gol urgan o‘yinda yirik hisobda g‘alaba qozondi, «Marsel»dan kambek, Golovin «Monako»ga 3 ochko keltirdi

Fransiya chempionatida 33-tur o‘yinlari yakunlandi.

«PSJ» (77) safarda «Anje»ni Mbappe, Ramos va Markinosning gollari evaziga yirik hisobda mag‘lub etdi. Parij klubi keyingi turda durang o‘ynasa ham, chempionga aylanadi.

2-o‘rindagi «Marsel» (62) o‘z maydonida «Nant» ustidan irodali g‘alabaga erishdi.

Shuningdek, tur doirasida «Monako» (56, 5-o‘rin) o‘z uyida «Nitssa»dan (54, 6-o‘rin) ustun keldi. «Lill» (48, 9-o‘rin) va «Lion» (49, 8-o‘rin) safarda imkoniyatni boy berdi. YeCHL yo‘llanmasi uchun kurashayotgan jamoalar bahsida «Strasburg» (56, 4-o‘rin) «Renn»dan (56, 3-o‘rin) ustun keldi.

Liga 1. 33-tur. 20 aprel

Anje — PSJ 0:3
Gollar: Mbappe (28), Ramos (45+1), Markinos (77).
Anje – Mandrea, Bamba, Traore, Toma, Eboss, Dumbiya, Fyuljeni (Kapel, 72), Bintolib (Mendi, 72), Unai (Mangani, 78), Bufal (Ninga, 14), Cho (Yakolish, 78).
PSJ – Navas, Hakimi (Bitshiabu, 86), Ramos, Markinos, Kerer, Bernat (Mendesh, 71), Veynaldum (Guye, 78), Danilu Pereyra, Ebimbe (Mishyu, 72), Di Mariya (Simons, 86), Mbappe.
Chetlatish: Mishyu (90+1).

Marsel — Nant 3:2
Gollar: Payet (39 penalti, 54 penalti), Harit (75) — Jirotto (26), Koko (41).
Marsel – Lopes, Lirola (Ronje, 86), Chaleta-Sar, Saliba, Luan Peres (Guye, 86), Kamara, Jerson, Genduzi, Payet, Harit (Kolashinats, 90), Bakambu (Milik, 69).
Nant – Lafon, Korshya, Pallua (Kulibali, 70), Appia, Jirotto, Sipren, Mutussami, Blas (Fabio, 46), Saymon (Bukari, 46), Jebbel (Merlen, 70), Koko.
Chetlatish: Koko (90+3).

Strasburg — Renn 2:1
Gollar: Diallo (4), Ajork (77) — Tere (54).
Strasbur – Zels, Gilber (Filya, 90), Jiku, Nyamsi, Perren, Lienar (Kasi, 46), Tomasson (Prsich, 67), Sissoko (Axolu, 78), Bellgard, Ajork, Diallo (Gameyro, 67).
Renn – Alemdar, Traore, Agerd, Omari, Tryuffer, Marten, Te (Mayer, 74), Burijo, Santamariya (Tel, 87), Labord (Girassi, 75), Tere (Chauna, 84).

Monako — Nitssa 1:0
Gol: Golovin (45+1).
Monako – Nyubel, Agilyar (Jelson Martinsh, 67), Disasi, Badiashile, Kayo Enrike, Vanderson, Golovin (Yakobs, 80), Tchuameni, Fofana, Ben-Yedder (Boadyu, 79), Folland.
Nitssa – Benites, Lotomba, Danilyuk, Todibo, Bar (Amavi, 83), Budaui (Klyuyvert, 64), Lemina (Rosario, 65), Tyuram, Delor, Dolberg, Braimi (Guiri, 73).

Brest — Lion 2:1
Gollar: Mune (27, penalti), Kardona (74) — Dembele (72).
Brest – Bizot, Fossure, Per-Gabriel, Shardonne, Brasse, Dyuvern, Lasn, Belkebla, Mune, Satriano (Manetti, 76), Onora (Kardona, 56).
Lion – Pollersbek, Gyusto, Da Silva, Lukeba, Emerson (Ren-Adelaid, 83), Tiago Mendes, Lukas Paketa, Fevr, Auar (Barkolya, 70), Tete (Kadevere, 83), Dembele.

Reyms — Lill 2:1
Gollar: Manetzi (32), Abdulhamid (90+1) — Sanches (57).
Reyms – Raykovich, Byusi (Foke, 66), Abdulhamid, Fas, Graviyon, Konan, Matusiva, Munetsi (Loko, 71), Kayuste (Lopi, 66), Zeneli (Ture, 80), Kebbal (Mbuku, 66).
Lill – Leo Jardim, Chelik, Fonte, Andre, Bradarich, Jegrova (Lihaji, 81), Sanshesh, Gomes (Devid, 57), Onana (Gudmundsson, 87), Vea, Bamba.

Lans — Monpele 2:0
Gollar: Koshta (37), Ganago (75).

Bordo — Sent-Eten 2:2
Gollar: Mara (16), Onana (23) — Buanga (33), Norden (65).

Loryan — Mets 1:0
Gol: Uattara (90+4).

Trua — Klermon 0:1
Gollar: Bayo (88).

image