fbpx Betguru » Pogba «Yuventus» bilan kelishuvga erishdi
Tuesday, 16 April 2024
← Go to the news

Pogba «Yuventus» bilan kelishuvga erishdi

Pol Pogba yangi mavsumni Italiya A Seriyasida boshlaydigan bo‘ldi.

Insayder Fabritsio Romanoning tvitterda xabar berishicha, Pol Pogba «Yuventus» bilan kelishuvga erishgan va uning Turinga qaytishi klub tomonidan tasdiqlangan. Fransiyalik 29 yoshli yarimhimoyachi 30 iyun kuni «Manchester Yunayted»ni erkin agent sifatida rasman tark etib, iyul oyi boshida Turin klubi bilan shartnoma imzolaydi. Qayd etilishicha, Pogba ikki haftadan so‘ng Italiyaga qaytadi.

Eslatib o‘tamiz, Pogba 2016 yil 105 mln yevro evaziga «Yuventus»dan «MYU»ga transfer qilinib, Turin klubiga ikkinchi marta erkin agent sifatida qaytmoqda.

image