fbpx Betguru » PL. «Tottenhem» «Everton»ni tor-mor etdi, Keynda dubl
Saturday, 27 April 2024
← Go to the news

PL. «Tottenhem» «Everton»ni tor-mor etdi, Keynda dubl

Angliya chempionatining 28-turidan o‘rin olgan so‘nggi bahsda «Tottenhem» o‘z maydonida «Everton» darvozasiga javobsiz 5ta to‘p kiritdi. Keyn dublga erishgan bo‘lsa, Son va Regilon ham o‘z hisoblariga gol yozdirib qo‘yishdi. Shuningdek, Kin avtogol muallifiga aylandi.

«Tottenhem» ochkolarini 45taga yetkazib, 7-o‘rinni egallab turibdi. «Everton» 22 ochko bilan 17-pog‘onaga joylashgan.

APL. 28-tur
Tottenhem — Everton 5:0
7 mart, «Tottenhem stedium»
Gollar: Kin (14, avtogol), Son (17), Keyn (37, 55), Regilon (46).
Tottenhem — Loris, Romero (Sanches, 52), Dayer, Devis, Doerti, Sessenon (Regilon, 46), Hyoyberg, Bentankur, Kulusevski, Son (Bergveyn, 67), Keyn.
Everton — Pikford, Koulmen, Holgeyt, Kin (Brantveyt, 46), Kenni, Allan, van de Bek (Mikolenko, 59), Gordon, Dukure, Risharlison, Kelvert-Lyuin (Alli, 69).
Ogohlantirishlar: Son (24), Romero (30).

image