fbpx Betguru » Pioli: «Milan»ga oson bo‘lmadi, «Sampdoriya» «Yuve» va «Latsio»dan ochko tortib olgandi» A Seriya 5-turi doirasida «Milan» safarda «Sampdoriya»ni mag‘lub (2:1) etgach, mehmonlar ustozi Stefano Pioli fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Tuesday, 16 April 2024
← Go to the news

Pioli: «Milan»ga oson bo‘lmadi, «Sampdoriya» «Yuve» va «Latsio»dan ochko tortib olgandi» A Seriya 5-turi doirasida «Milan» safarda «Sampdoriya»ni mag‘lub (2:1) etgach, mehmonlar ustozi Stefano Pioli fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bugungi o‘yinda ko‘proq gol urishimiz mumkin edi. Shunga qaramay, yakunda qiyin g‘alabaga erishdik. 10 kishi qolganimizda tishni tishga qo‘yib, chidashimizga to‘g‘ri keldi. Futbolchilar maydonning har bir qarichi uchun kurashishdi.

«Sampdoriya» o‘z maydonida «Yuventus» va «Latsio»dan ochko tortib olgan edi, shundan bilsa bo‘ladiki ularni mag‘lub etish juda qiyin. O‘ylaymanki, biz to‘g‘ri yo‘ldamiz», – deydi «Milan» bosh murabbiyi Sky Sport Italia bilan suhbatda.

A Seriya 6-turidan keyin milanliklar ochkolari sonini 14taga yetkazib, turnir jadvalida «Napoli» bilan qo‘shhokimlik qilmoqda.

image