fbpx Betguru » Pike va Shakira 12 yillik turmushdan keyin ajrashishgani haqida ma’lum qilishdi
Friday, 26 April 2024
← Go to the news

Pike va Shakira 12 yillik turmushdan keyin ajrashishgani haqida ma’lum qilishdi

«Barselona» himoyachisi Jerar Pike va taniqli qo‘shiqcha Shakira rasman ajrashishgani haqida qo‘shma bayonot berishdi.

«Yo‘llarimiz endi ayro tushishi haqida afsus bilan ma’lum qilamiz.

Biz uchun juda muhim bo‘lgan farzandlarimiz farovonligi uchun ham shaxsiy hayotga hurmat bilan munosabatda bo‘lishingizni so‘rab qolamiz. Tushunganingiz uchun rahmat», – deyiladi qo‘shma bayonotda.

35 yoshli futbolchi va 45 yoshda bo‘lgan xonanda 12 yildan buyon birga yashashsa-da, rasman nikohdan o‘tishmagandi. Ajrashgan juftlikning ikki farzandi bor – Milan (9 yosh) va Sasha (6 yosh).

Avvalroq, ispaniyalik futbolchi ishqiy mojaroda aralashib qolgani, Pikening xiyonati sababli Shakira ajrashmoqchi ekani haqida xabar tarqalgandi.

image