fbpx Betguru » O‘zbekiston U20 Osiyo chempionati saralashini yirik g‘alaba bilan boshladiSaudiya Arabistonida U20 Osiyo chempionati saralashining A guruhi o‘yinlari boshlandi.
Wednesday, 24 April 2024
← Go to the news

O‘zbekiston U20 Osiyo chempionati saralashini yirik g‘alaba bilan boshladi
Saudiya Arabistonida U20 Osiyo chempionati saralashining A guruhi o‘yinlari boshlandi.

1-turda O‘zbekiston o‘smirlari maldivlik tengdoshlarini 7:0 hisobida mag‘lub etishdi.

Musobaqada Saudiya Arabistoni, Xitoy, Myanmar o‘smirlari ham ishtirok etmoqda.

Guruhda 1-o‘rinni egallagan jamoa Osiyo chempionati yo‘llanmasiga ega bo‘ladi.

Osiyo chempionati 2023 yilda O‘zbekistonda o‘tkaziladi. Shu sababli, O‘zbekiston U20 jamoasi saralash o‘yinlari qanday natija bilan tugashidan qat’i nazar, mezbon sifatida chempionatda ishtirok etadi.

Osiyo chempionati U20 saralashi
10 sentyabr, Dammam (Saudiya Arabistoni)
A guruhi, 1-tur
O‘zbekiston U20 7:0 Maldiv orollari U20
Gollar: Muhammadali Usmonov 10’, 22’, 57’, Shahzodbek Rahmatullayev 12’, 37’, Rian Islamov 15’, Asadbek Jo‘raboyev 23’.

O‘zbekiston U20 jamoasining keyingi o‘yinlari:
12 sentyabr – Myanmar;
14 sentyabr – Saudiya Arabistoni;
16 sentyabr – Xitoy.

image