fbpx Betguru » O‘zbekiston kubogi. «Nasaf» OKMKni mag‘lub etib, finalga yo‘llanma oldi O‘zbekiston kubogi dastlabki yarimfinali doirasida Qarshida o‘tgan uchrashuv yakuniga yetdi.
Thursday, 9 May 2024
← Go to the news

O‘zbekiston kubogi. «Nasaf» OKMKni mag‘lub etib, finalga yo‘llanma oldi O‘zbekiston kubogi dastlabki yarimfinali doirasida Qarshida o‘tgan uchrashuv yakuniga yetdi.

«Markaziy» stadionda o‘tgan uchrashuvda «Nasaf» OKMKga qarshi saf tortdi. Uchrashuvda hisob mehmonlar yarimhimoyachisi Siyovush Haqnazariy tomonidan ochilgan bo‘lsa-da, G‘olib G‘aybullayev taym yakunida hisobni tenglashtirdi – 1:1.

Ikkinchi bo‘limning 60-daqiqasida esa Alibek Davronov jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qilib, stadionni larzaga keltirdi – 2:1.

O‘yin yakuniga qadar «Nasaf» g‘alabani saqlab qoldi va shu tariqa, Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari Mirjalol Qosimov jamoasidan ustun kelib, Buxoroda o‘tadigan finalga yo‘llanma oldi. Ikkinchi finalchi 14 oktyabr kuni «Navbahor» – «So‘g‘diyona» o‘rtasidagi yarimfinaldan keyin ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekiston kubogi. Yarimfinal
13 oktyabr (payshanba)
«Nasaf» – OKMK – 2:1
Hakamlar: Temurbek To‘xtasinov, Andrey Sapenko, Temur Gaynullin, Ilya Ilin.
VAR hakami: Akobirxo‘ja Shukurullayev
AVAR hakami: Aleksandr Sidorov
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov
Komissar: Sardor Qudratullayev
Gollar: G‘olib G‘aybullayev 45+2, Alibek Davronov 60 – Siyovush Haqnazariy 36.
«Nasaf»: 1.Umidjon Ergashev, 2.Alibek Davronov, 4.Husniddin Aliqulov, 5.G‘olib G‘aybullayev, 8.Dilshod Saitov (27.Zafarmurod Abdiraxmatov, 57) 10.Husayn Norchayev, 19.Lima Kruz (17.Suhrob Nurulloyev, 78), 22.Akmal Mozgovoy ( 6.Murodbek Rahmatov, 78), 34.Sherzod Nasrullayev (7.Sharof Muhitdinov, 57), 88.Marko Stanoyevich, 92.Umarbek Eshmurodov (14.Alen Masovich, 88).
OKMK: 1.Botirali Ergashev, 7.Dilshod Ahmadaliyev, 5.Anzur Ismoilov, 16.Artyom Filiposyan, 3.Sardor Rahmonov, 15.Giorgi Papava, 8.Abdulla Abdullayev (19.Muhammadanas Hasanov, 76), 88.Siyovush Haqnazariy, 22.Shohrux Gadoyev (17.Sanjar Tursunov, 76), 10.Xurshid G‘iyosov, 27.Martin Boake.

image