fbpx Betguru » Osiyo kubogi U20 saralashi. O‘zbekiston 90-daqiqadagi gol evaziga Saudiya Arabistonini mag‘lub etdi
Wednesday, 24 April 2024
← Go to the news

Osiyo kubogi U20 saralashi. O‘zbekiston 90-daqiqadagi gol evaziga Saudiya Arabistonini mag‘lub etdi


Uchrashuvning 34-daqiqasida vakillarimiz Mahmud Jo‘raboyevning goli evaziga hisobda oldinga chiqqan bo‘lsa, Fahad 85-daqiqada hisobni tenglashtirdi. 90-daqiqada esa Rian Islomov penaltidan yo‘llagan goli bilan yoshlarimizga g‘alaba keltirdi – 2:1.

O‘zbekiston yoshlar jamoasi bungacha Maldiv (7:0) va Myanma (3:0) yoshlar jamoasini yirik hisobda mag‘lub etgandi.

Qayd etish joiz, O‘zbekiston Osiyo kubogi U20 saralash bosqichi mezboni sifatida turnirning final qismiga yo‘llanma olishga ulgurgan.

Osiyo kubogi U20 saralashi.
Saudiya Arabistoni – O‘zbekiston – 1:2
Gollar: Fahad Alnemer 85 – Mahmud Jo‘raboyev 34, Rian Islomov 90 penalti.
O‘zbekiston U-19: Asrorbek Kenjayev, Javohir Otamurodov, Mirkomil Abdurazzoqov, Sunnatilla Poyonov, Shahzodbek Rahmatullayev, Rian Islomov, Tohirbek To‘xtasinov, Mahmud Jo‘raboyev, Asadbek Jo‘raboyev, Maqsudxo‘ja A’loxo‘jayev, Rustambek Fomin.
Zaxira: Bayram Najafaliyev, Maksim Murk

image