fbpx Betguru » Osiyo kubogi-2023 saralashi. Markaziy Osiyo derbisida kuchlar teng keldi
Saturday, 20 April 2024
← Go to the news

Osiyo kubogi-2023 saralashi. Markaziy Osiyo derbisida kuchlar teng keldi

Osiyo kubogi-2023 saralash bosqich 3-turi doirasidagi Markaziy Osiyo derbisi yakuniga yetdi.

Bishkekda kechgan Qirg‘iziston – Tojikiston (0:0) uchrashuvida Qirg‘izistonni qo‘llab-quvvatlash uchun stadionga mamlakat prezidenti Sadir Japarov va hukumat rahbarlari ham tashrif buyurdi.

Murosasiz va shiddatli kechgan bahs tengkurashlar ostida o‘tdi va durang natija bilan yakunlandi – 0:0.

Shu kuni tojikistonliklar safida «Bunyodkor» vakili Davron Ergashev, «Surxon» a’zosi Zoir Jo‘raboyev, «Navbahor» futbolchisi Ehsoni Panchshanbe to‘p surgan bo‘lsa, qirg‘izistonliklar safida «Bunyodkor» a’zosi Odiljon Abdurahmonov to‘p surdi.

Shu tariqa, Tojikiston 7 ochko bilan Osiyo kubogi-2023ga 1-o‘rin bilan yo‘l olgan bo‘lsa, Qirg‘iziston 7 ochko va to‘plar farqiga ko‘ra 2-o‘rin bilan yo‘llanma oldi.

Osiyo kubogi saralashi. 3-tur.
Qirg‘iziston – Tojikiston – 0:0

image