fbpx Betguru » O‘rtoqlik uchrashuvi. Shomurodovning dubli O‘zbekiston milliy jamoasiga Janubiy Sudan ustidan yirik hisobli g‘alaba keltirdi.
Wednesday, 24 April 2024
← Go to the news

O‘rtoqlik uchrashuvi. Shomurodovning dubli O‘zbekiston milliy jamoasiga Janubiy Sudan ustidan yirik hisobli g‘alaba keltirdi.

O‘zbekiston milliy jamoasi bugun, 27 yanvar kuni FIFA kunlari doirasidagi ilk rasmiy o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Srechko Katanets shogirdlari Janubiy Sudan milliy jamoasiga qarshi saf tortdi.

Uchrashuvdan oldin sloveniyalik murabbiy faqat ikki futbolchi xizmatidan foydalana olmasdi – bir o‘yinlik diskvalifikatsiya sababli Farrux Sayfiyev va koronavirus yuqtirib olgan Ibrohimxalil Yo‘ldoshev.

Uchrashuvni hujumkor boshlagan vakillarimiz 6-daqiqadayoq hisobni ochishdi. Chap qanot himoyachisi Sherzod Nasrullayevning zarbasini darvozabon bartaraf etgach, qaytgan to‘pni Eldor Shomurodov darvozaga teskari turgan holda tovoni bilan hisobni ochdi – 1:0.

29-daqiqada esa Javohir Siddiqovning uzatmasidan keyin Eldor darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib, dublini rasmiylashtirdi – 2:0.

Ikkinchi bo‘limning 67-daqiqasida esa afrikalik futbolchilar o‘z jarima maydonlarida qo‘l bil

image