fbpx Betguru » O‘rtoqlik o‘yinlari. «MYU» «Aston Villa»ga qarshi 90+3-daqiqada g‘alabani qo‘ldan chiqardi, «PSJ»dan yirik g‘alaba
Thursday, 25 April 2024
← Go to the news

O‘rtoqlik o‘yinlari. «MYU» «Aston Villa»ga qarshi 90+3-daqiqada g‘alabani qo‘ldan chiqardi, «PSJ»dan yirik g‘alaba

Yevropa klublari yangi mavsum oldidan o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushmoqda.

«MYU» Tailand va Avstraliya turnesi doirasidagi 4-o‘yinida «Aston Villa»ga qarshi saf tortdi. APL klubiga qarshi o‘yinda Sancho hisobni ochgan bo‘lsa, bo‘lim yakunida Reshfordning zarbasidan so‘ng to‘p Keshga tegib, darvozadan joy oldi. Beyli esa ikkinchi bo‘limda farqni qisqartirdi, Chembers esa 90+3-daqiqada hisobni tenglashtirdi – 2:2.

Qayd etish joiz, jamoalar ikkinchi bo‘limda tarkibni butkul o‘zgartirishdi.

«PSJ» esa Yaponiyadagi turne doirasida «Urava Red»ga qarshi maydonga tushib, yirik hisobda zafar quchdi – 3:0.

O‘rtoqlik o‘yinlari. 23 iyul

Manchester Yunayted Angliya – Aston Villa Angliya 2:2
Gollar: 1:0 – 25 Sancho, 2:0 – 42, avtogol Kesh, 2:1 – 49 Beyli, 2:2 – 90+3 Chembers.
Manchester Yunayted – De Xea, Diogu Dalot (Uan-Bissaka, 67), Maguayr (Bayi, 67), Lindelef (Varan, 67), Shou (Malasia, 67), Fre

image