fbpx Betguru » O‘rtoqlik o‘yinlari. «Milan» va «Roma»da g‘alaba, «Inter»da durang
Saturday, 27 July 2024
← Go to the news

O‘rtoqlik o‘yinlari. «Milan» va «Roma»da g‘alaba, «Inter»da durang

Yevropada yangi mavsum starti avvalidan jamoalar o‘zaro o‘rtoqlik bahslarida maydonga tushishmoqda.

A Seriya yetakchilaridan «Milan» «Keln»ga qarshi maydonga tushib, Jiruning dubli evaziga g‘alabaga erishgan bo‘lsa, «Inter» Fransiyaning «Monako» klubi bilan jangovar durang qayd etdi – 2:2.

«Roma» esa Portugaliyada mahalliy «Portimonense»ga qarshi saf tortdi. Ushbu bahsda Dzanolo va Tripining gollari Mourino jamoasiga g‘alaba keltirdi. Shu kuni Eldor Shomurodov zaxiradan maydonga tushib, 15 daqiqa to‘p surgan.

O‘rtoqlik uchrashuvlari.

«Keln» – «Milan» – 1:2 (0:2)
Gollar: 0:1 – Jiru (16), 0:2 – Jiru (36), 1:2 – Dits (86).
«Milan»: Tatarushanu (Mirante, 46), Ture, Gabbiya, Kalulu (Kubis, 63), Florensi (Robak, 62), Pobega, Bakayoko, Rebich (Maldini, 61), Dias (Adli, 46), Messias (Traore, 62), Jiru (Michelis, 62).

«Roma» – «Portimonense» Portugaliya – 2:0 (1:0)
Gollar: 1:0 – Tripi (27), 2:0 – Dzanolo (71).
«Roma»: Patrisiu (Svilar, 46), Smolling (Bove, 46), Spinatssola (Ibanes, 46), Karsdorp (Peres, 46), Manchini (Kumbulla, 46), Tripi (Zalevski, 46), Veretu (Darbo, 46; Fatikanti, 71), Kristante (Matich, 46), Pellegrini (Abraham, 46), El-Shaaravi (Dzanolo, 46), Afena-Gyan (Shomurodov, 31; Chelik, 46).Noaniq penalti: Abraham, 87.

«Inter» – «Monako» – 2:2 (1:2)
Gollar: 0:1 – Golovin (7), 0:2 – Ben-Yedder (30), 1:2 – Galyardini (42), 2:2 – Aslani (60).

image