fbpx Betguru » O‘rtoqlik o‘yinlari. Eron Urugvayni mag‘lub etdi, BAA Paragvayga yutqazdi FIFA kunlari doirasida navbatdagi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi yakuniga yetdi.
Thursday, 25 April 2024
← Go to the news

O‘rtoqlik o‘yinlari. Eron Urugvayni mag‘lub etdi, BAA Paragvayga yutqazdi FIFA kunlari doirasida navbatdagi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi yakuniga yetdi.

Karlush Keyrush murabbiyligidagi Eron milliy jamoasi JCH-2022ning yana bir ishtirokchisi Urugvayga qarshi maydonga tushdi. Avstriyada o‘tgan o‘rtoqlik bahsida Mehdi Toremiyning yagona goli forslarga g‘alaba keltirdi – 1:0. Shu kuni urugvayliklar safida Luis Suares, Darvin Nunes, Fede Valverde, Ronald Arauxo asosiy tarkibda o‘ynadi. Arauxo 5-daqiqadayoq jarohat olib, maydonni tark etdi.

Birlashgan Arab Amirliklar milliy jamoasi ham Avstriyada Paragvayga qarshi saf tortdi. Uchrashuvning 85-daqiqasida Balbuena tomonidan kiritilgan yagona gol Janubiy Amerika qit’asi vakiliga g‘alaba keltirdi – 1:0.

O‘rtoqlik o‘yinlari. 23 sentyabr
Eron – Urugvay 1:0
Gol: 1:0 – 79 Toremiy
Eron – Beyranvand (Obidzoda, 63), Muharramiy, Xalilzoda, Kanonzodagon, Jaliliy (Nurafkon, 69), Turobiy (Gulizoda, 69), Xojsafi, Izzatullohiy, Jahonbaxsh (Toremiy, 68), Ozmun (Ansarifard, 68), G‘oddos (Amiriy, 85).
Urugvay – Rochet, Suares (Varela, 72), Arauxo (Roxel, 5), Kaseres, Olivera (Vinya, 85), Vesino (de Arraskaeta, 72), Bentankur (Torreyra, 85), Valverde, Pelistri (de la Krus, 46), Suares, Nunes.

Paragvay – BAA 1:0
Gol: 1:0 – 85 Balbuena.
Paragvay – Fernandes, Ramires, Gomes, Balbuena, Arsamendiya, Almiron, Melgarexo (Medina, 78), Vilyasanti, Galarza Fonda (Ortis, 55), Ensiso (Ferreyra, 78), Gonsales.
OAE – Essa, Ibrahim, Omar (Hoshimiy, 72), Al-Hammadiy, Hussayn (Said Juma, 72), Abdullo (Muhammad, 82), Salmin, Rashid, Ramazon, Kayo, Ali Mabhut.

image