Sunday, 4 December 2022
← Go to the news

O‘rtoqlik o‘yini. «Tottenhem» Keyn va Sonning dubli evaziga K-Liga yulduzlari ustidan yirik g‘alabaga erishdi

Yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida «Tottenhem» Janubiy Koreyada K-Liga yulduzlariga qarshi o‘rtoqlik bahsida maydonga tushdi.

Seulda o‘tgan bahsda Keyn va Sonning dubli Antonio Konte jamoasiga yirik hisobli g‘alaba keltirdi – 6:3.

O‘rtoqlik uchrashuvi. 13 iyul.
K-Liga yulduzlari – «Tottenhem» – 3:6 (1:1)
Seul, Janubiy Koreya.
Gollar: 0:1 – Dayer (30), 1:1 – Cho (45), 1:2 – Chjin (47, avtogol), 2:2 – Veldveyk (52), 2:3 – Keyn (54), 2:4 – Son (68, penalti), 3:4 – Amano (71), 3:5 – Keyn (75), 3:6 – Son (85).
«Tottenhem»: Ostin (Loris, 46), Royal (Doerti, 46), Romero (Sarr, 46), Dayer (Uayt, 78), Sanches (Sayers, 78), Sessenon (Heyberg, 46), Bentankur (Tanganga, 46), Skipp (Keyn, 46), Moura (Fegan-Uolkott, 78), Xil (Son, 46), Risharlison (Perrott, 78).