fbpx Betguru » O‘rtoqlik o‘yini. «Roma» mavsum oldi dastlabki o‘yinida «Sanderlend»ni mag‘lub etdi
Tuesday, 7 May 2024
← Go to the news

O‘rtoqlik o‘yini. «Roma» mavsum oldi dastlabki o‘yinida «Sanderlend»ni mag‘lub etdi

Yangi futbol mavsumiga tayyorgarlik doirasida «Roma» Angliyaning «Sanderlend» klubiga qarshi maydonga tushdi.

Portugaliyada o‘tgan uchrashuvda Joze Mourino Eldor Shomurodovni asosiy tarkibga tushirdi. O‘zbekistonlik hujumchi 2-bo‘lim boshida o‘rnini Feliksga bo‘shatdi.

Ikkinchi bo‘limda Feliks va Dzanolaning gollari Rim klubiga g‘alaba keltirdi – 2:0.

O‘rtoqlik o‘yini. Portugaliya
«Roma» — «Sanderlend» – 2:0
Gollar: Feliks 75, Dzanola 80.
«Roma»: Svilar; Ibanez, Smolling (Bove, 46), Kumbulla; Karsdorp, Matich (Dzanola, 46), Veretu, Zalevski; Peres (Volpato, 46), Shomurodov (Feliks, 46), El-Shaaravi (Tripi, 46).
«Sanderlend»: Patterson, Guch, Vinchester, Batt, Sirkin (Teylor, 60), Matete, O’Niyen, Daymond (Roberts, 80), Emblton (Sohna, 60), Klark, Dajaku (Pritchard, 80)

image