fbpx Betguru » O‘rtoqlik o‘yini.O‘zbekiston Kosta-Rikadan qo‘shib berilgan daqiqalarda gollar o‘tkazib, mag‘lubiyatga uchradi
Friday, 26 April 2024
← Go to the news

O‘rtoqlik o‘yini.O‘zbekiston Kosta-Rikadan qo‘shib berilgan daqiqalarda gollar o‘tkazib, mag‘lubiyatga uchradi


Janubiy Koreyadagi yig‘in doirasida JCH-2022 qatnashchisi Kamerunni (2:0) mag‘lub etgan O‘zbekiston milliy jamoasi ikkinchi o‘rtoqlik bahsini mundialning yana bir ishtirokchisi Kosta-Rikaga qarshi o‘tkazdi va qo‘shib berilgan daqiqalarda ikkita to‘p o‘tkazib, alamli mag‘lubiyatga uchradi. Eldor Shomurodovning 26-daqiqadagi goliga 90+2-daqiqada Entoni Ernandes va 90+4-daqiqada Kendal Uoston javob berishdi.

«Roma» hujumchisi milliy jamoadagi gollarini 32taga yetkazib, rekordchi Maksim Shatskixga (34) yaqinlashib oldi.
Eldor het-trik qayd etib hisobni yiriklashtirishi ham mumkin edi, ammo ikki imkoniyatdan foydalana olmadi.

Shu tariqa Srechko Katanets boshqaruvidagi O‘zbekiston milliy jamoasining 7 o‘yindan iborat g‘alabali seriyasi barham topdi. Shuningdek, «oq bo‘rilar» bungacha 4ta bahsdan beri to‘p o‘tkazishmayotgandi.

O‘rtoqlik o‘yini
O‘zbekiston — Kosta-Rika 1:2
27 sentyabr. «Suwon World Cup»
Hakamlar: Kim Dae Yong, Yun Jae Yol, Jang Jong Pil, Park Se Jin (hammasi Janubiy Koreya).
Gollar: Eldor Shomurodov (26) — Entoni Ernandes (90+2), Kendal Uoston (90+4).
O‘zbekiston — O‘tkir Yusupov, Umar Eshmurodov, Husniddin Aliqulov, Sherzod Nasrullayev (Farrux Sayfiyev, 72), Hojiakbar Alijonov, Otabek Shukurov, Odil Hamrobekov, Sardor Sobirxo‘jayev (Akmal Mozgovoy, 72), Aziz Turg‘unboyev (Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, 57), Hojimat Erkinov (Oybek Bozorov, 57), Eldor Shomurodov (Igor Sergeyev, 72).
Kosta-Rika — Aaron Krus (Patrik Sekeyra, 46), Xuan Pablo Vargas, Keysher Fuller, Brayan Ovedo (Karlos Martines, 66), Yoxan Venegas (Entoni Kontreras, 66), 1Orlando Galo, Aaron Suares (Entoni Ernandes, 74), Kendal Uoston, Brandon Agilera (Brayan Ruis, 46), Karlos Mora (Alvaro Zamora, 46), Duglas Lopes.
Ogohlantirishlar: Odil Hamrobekov (28), Brandon Agilera (34), Keysher Fuller (36), Alvaro Zamora (50), Ibrohimxalil Yo‘ldoshev (81).

image